foto:sputnik.kz
Prezident 7−8-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. 9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi.
7−8-avgust kunlari prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 2021-yilning dekabr va 2017-yilning mart oylarida davlat tashrifi bilan Ostonada bo‘lgandi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev esa 2022-yilning dekabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan.
9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.