TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

13.08.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 6

Tezjet

3-sentabrdan Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari rejalashtirilgan.

Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

Birinchi parvoz 2024-yil 3-sentabrga belgilangan. Bishkek-Toshkent-Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

TezJet 2013-yilda tashkil etilgan Qirg‘iziston aviakompaniyasi bo‘lib, “Manas” aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirg‘iziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.