Shinjonda 13 kun davom etgan ralli poygalari yakunlandi

03.06.2024 00:00 IPAK YO‘LI 8

Joriy yilning 1 iyun kuni Shinjon-uyg‘ur avtonom hududi, Oqsu viloyatidagi Oqsu shahrida 2024-yilgi xalqaro aylanma ralli musobaqasi yakunlandi. 

闭幕.mp4_snapshot_00.59.433

Videodan olingan surat.

Shu kuni xitoylik poygachi Xan Vey yordamchi haydovchi Ma Li bilan birgalikda avtomobillar toifasida chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Fransuz poygachisi Nels Tyerri mototsikllar bahsida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Rallining so‘nggi kunida yakuniy maxsus bosqich bahslari o‘tkazildi. Ushbu bosqich qisqa bo‘lgani sababli haydovchilarning yakuniy reytingi bahslar boshlanguniga qadar e'lon qilindi.

闭幕.mp4_snapshot_01.12.733

Videodan olingan surat.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Shensi Yunsian" klubidan Sun Ping va Liao Min ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Xebey Syanan Szyuszyan" vakillari Fan Gaosian va Yue Sayley bronza medallarini qo‘ga kiritishdi.