Qozog'iston To'qayev va Sholsning matbuot anjumanini bekor qilindi

18.09.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 4

301866baa4ebc33f3a50ee2e08f697f4

Ostona Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma konferensiyani bekor qildi, deb xabar bermoqda DPA agentligi. Buning sabablari ochiqlanmadi.

Shols To‘qayev bilan uchrashuvdan keyin jurnalistlar bilan muloqot qildi. Ostonaning qarorini qay darajada iltifotsizlik deb hisoblashi haqidagi savolga javob berar ekan, u “nima bo‘lganda ham, butun dunyodagi jurnalistlar uchun yaxshi ish sharoitlarini istashi”ni aytdi. 

“Shuning uchun ham, bu kichik hissani qo‘shish maqsadida qarshingizda turibman. Qolaversa, har qanaqasiga buni amalga oshirgan bo‘lardim”, — deya qo‘shib qo‘ydi kansler.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati To‘qayev Sholsning iltimosiga ko‘ra Rossiya-Ukraina nizosi borasida fikr bildirganini ma’lum qilgandi. U Istanbul bitimini tuzishdan bosh tortilishi tufayli, yarashish imkoniyati qo‘ldan boy berilganidan afsus bildirdi. Davlat rahbari “harbiy jihatdan Rossiya yengilmas” ekanini va “urushning yanada avj olishi butun insoniyat uchun va avvalo bevosita Rossiya-Ukraina nizosiga aralashayotgan barcha mamlakatlar uchun tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi”ni aytdi. To‘qayev Xitoy va Braziliyaning tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi.