Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning Qirg‘izistonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tadi

12.03.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

qirg'iz tojik

Tojikiston Respublikasi Prezidenti 12-mart kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘iziston Respublikasiga keladi.

Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbakiyev ma’lum qildi.

Ushbu tashrif doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li va Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Odilbek Qosimaliyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan," - dedi Muratbek Azimbakiyev.