foto:zakon.ru
Qirg‘iziston va O‘zbekiston sudlangan fuqarolarni bir-birlariga topshiradi. Qonun loyihasi Jogorku Kenesh tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qirg‘iziston bosh prokurori o‘rinbosari Umutkan Qo‘nkuboyeva bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda Qirg‘izistonning 42 nafar fuqarosi, Qirg‘izistonda esa 97 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tamoqda.
Bu fuqarolarning barchasi o‘z vatanida jazoni o‘tashda davom etadi.