Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi. Fevral oyida u nafas yo‘llari infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan va bir oydan ko‘proq vaqtni kasalxonada o‘tkazgandi.
Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Reuters Vatikanga tayanib. Pontifik kasalxonadan bir oydan kamroq vaqt oldin — 23-mart kuni chiqarilgan, u pnevmoniyadan davolangandi.
“Aziz birodarlar va opa-singillar, chuqur qayg‘u bilan muqaddas otamiz Fransiskning vafot etganini e’lon qilishga majburman”, — deb xabar berdi Vatikan telekanali orqali kardinal Kevin Farrell.
Fevral oyining o‘rtalarida pontifik nafas yo‘llari infeksiyasi bilan og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan va mart oyining oxiriga kelibgina Vatikanga qaytgandi. 20-aprel kuni u Vatikandagi Avliyo Pyotr sobori maydonida dindorlarni Pasxa bilan tabriklash uchun ko‘rinish bergandi.