Hindiston Qozog‘istonga O‘zbekiston orqali yuk konteynerini yubordi

28.03.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 6

temir yo'l, yuk

foto:ochiq manbaalar

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ Hindistonning Mundra portidan Qozog‘istonning Sorokovaya stansiyasi yo‘nalishda konteyner poyezdlari harakatini muntazam tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlarni olib bormoqda.

Ushbu yo‘nalishda mart oyining dastlabki kunlarida "TULM" OAJ va "Kedentransservis" AJ kompaniyalari hamkorligida ilk qatnov amalga oshirilgan edi. Kompaniya tomonidan navbatdagi 22 ta 20 futlik konteynerlardan iborat konteyner poyezdi yo‘lga chiqdi.

Keramik plita yuklari ortilgan konteyner poyezdi Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston davlatlaridan o‘tib Qozog‘istonning Sorokovaya stansiyasiga o‘rtacha 25 kunda yetib borishi rejalashtirilgan.