Rishton tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “muzlatkich” ombori aniqlandi

27.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.V.” MCHJ rahbari S.M. “Bog‘iston” MFY hududidagi “Muzlatkich” omborida hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazgan holda elektr tarmog‘idan tijorat maqsadida foydalanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

depart

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.