Navbahor va Bekobod tumanlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

29.05.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.A. “Sarbozor” MFY hududidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 183,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

photo_2025-05-28_11-31-36

Shu kabi, Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.X.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarib kelgan M.R. tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 107,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.