“Chashma” bulog‘i bo‘yicha kelishuvga erishildi

26.04.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 9

Aripov

24 aprel kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari o‘rtasida chegara masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda ikki davlat o‘rtasidagi oxirgi tartibga solinmagan chegara uchastkasini belgilash va “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish shartlari muhokama qilindi. 
 
Tomonlar “Chashma” bulog‘ini ikki xalqning umumiy boyligi sifatida e’tirof etib, o‘zbekistonlik fuqarolarning buloqdan to‘siqsiz foydalanishi, o‘zbek tomoni uchun uchdan ikki qismdan foydalanish va har qanday ta’sirni kelishib amalga oshirishga kelishib oldi. 
 
Shuningdek, ikki davlat do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida buloqdan foydalanishga to‘sqinlik qilmaslikka va tez fursatda rasmiy bitimni imzolashga kelishdi.