Xitoyning «Chanchjen-6A» tashuvchi raketasi 11 may kuni uchta «Yaogan-40-02» elektromagnit monitoring sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi.
Yengil uch pog‘onali raketa Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasidagi joylashgan Tayyuan kosmodromidan amalga oshirilgan. Kosmik apparatlar belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli chiqqan.
XXR aerokosmik ilm-fan va texnika koporatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshlar yer atrofi orbitasida elektromagnit monitoring o‘tkazish va yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Uzunligi 50 metrga yetadigan modifikatsiya qilingan «Chanchjen-6A» kerosin/suyuq kislorod juftligidagi ekologik toza yoqilg‘ida ishlaydi va 6,5 tonngacha foydali yukni 500 kilometr balandlikkacha olib chiqishga qodir.
Yerning elektromagnit maydonini kuzatishga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan ma’lumotlar koinot ob-havosini prognoz qilish, radioaloqa va navigatsion tizimlarga ta’sir ko‘rsatadigan ionosfera buzilishlarini o‘rganish, shuningdek, foydali qazilmalarni qidirish va seysmik faollikni kuzatishda qo‘llanilishi mumkin.