Özbekiston maktablarida huquqiy savodxonlikni oşiriş dasturi joriy etiladi

Özbekistonda maktab öquvçilarining huquqiy savodxonligini oşiriş va huquqiy tarbiya tizimini takomillaştiriş böyiça yangi çora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Prezidentning tegişli Farmonida nazarda tutilgan.

Hujjat bilan 2027–2031-yillarda amalga oşiriladigan yettita milliy dastur hamda ularning ijrosini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar rejalari tasdiqlangan.

Ustuvor vazifalardan biri sifatida umumtaʼlim maktablaridan boşlab yoşlarning huquqiy ongi va savodxonligini tizimli ravişda rivojlantiriş belgilangan.

Şu maqsadda 2026-yil dekabr oyiga qadar maxsus çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi. Unga muvofiq, 1–11-sinf öquvçilari uçun huquqiy savodxonlik maşğulotlari taşkil etiladi.

Bunda darslar öquvçilarning yoş xususiyatlari va bilim darajasidan kelib çiqqan holda ötkaziladi.

Xususan, boşlanğiç sinf öquvçilariga bola huquqlari, özaro hurmat, xavfli vaziyatlarda yordam söraş va öz huquqlarini himoya qilişning dastlabki könikmalari örgatiladi.

Örta sinflarda zöravonlikdan himoyalaniş, mehnat huquqlari hamda isteʼmolçilar huquqlariga oid bilimlar beriladi.

Yuqori sinf öquvçilari esa davlat organlariga murojaat qiliş huquqi, şartnomaviy munosabatlar va mehnat qonunçiligi asoslarini örganadi.

Şuningdek, huquqiy savodxonlikka oid mavzularni «Tarbiya» fani mazmuniga kiritiş rejalaştirilgan.

Öqituvçilar uçun Toşkent davlat yuridik universiteti professor-öqituvçilari iştirokida maxsus metodik qöllanmalar işlab çiqiladi. Pedagoglarning uşbu yönalişdagi bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida qisqa muddatli malaka oşiriş kurslari ham taşkil etiladi.

Dastur doirasida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy maşğulotlarga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, öquvçilar bilan turli hayotiy vaziyatlar tahlil qilinib, huquqlari buzilgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qiliş lozimligi tuşuntiriladi.

Mazkur çora-tadbirlar 2031-yilga qadar mamlakatdagi barça umumtaʼlim maktablarida bosqiçma-bosqiç joriy etilişi közda tutilgan.