Navoiy viloyatida kvars xomaşyosini qayta işlaş asosida şişa mahsulotlari işlab çiqarişga qaratilgan, umumiy qiymati 76 million dollar bölgan yirik investitsiya loyihasi muhokama qilindi.
Loyiha Xitoyning Şandun provinsiyasi Sindao şahrida faoliyat yurituvçi "Qingdao Rongtai Glass Products" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşiriş rejalaştirilgan. Korxona “Rotar” brendi ostida yaşil, oq va jigarrang şişa idişlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Kompaniyaning yillik işlab çiqariş quvvati 1,1 million tonna yoki taxminan 2,3 milliard dona şişa mahsulotini taşkil etadi.
— Loyiha uç bosqiçda amalga oşirilib, beş yil davomida töliq quvvatga çiqarilişi közda tutilgan, — deydi Navoiy viloyati hokimi örinbosari Elbek Ğafforov. — Birinçi bosqiçni bir yil içida işga tuşiriş rejalaştirilmoqda.
Taşrif doirasida investorlar Zarafşon şahri atrofidagi kvars qumi va boşqa zarur xomaşyo bazalari bilan tanişdilar. Şuningdek, zavod qurilişi uçun elektr-kimyo zavodi hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududlarida joylaşgan, barça zarur infratuzilma bilan taʼminlangan yer maydonlarini közdan keçirib, öz takliflarini bildirişdi.
Ayni paytda investorlar tomonidan mahalliy bozor hajmi va mahsulotlarga bölgan talab örganilmoqda. Korxonada işlab çiqariladigan şişa mahsulotlarining bir qismini içki bozorga yetkazib beriş, qolgan qismini esa qöşni davlatlarga eksport qiliş rejalaştirilgan.
Mazkur loyihaning amalga oşirilişi Navoiy viloyatida mavjud mineral xomaşyoni çuqur qayta işlaş, import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş, yangi iş örinlari yaratiş va hududning eksport salohiyatini yanada oşirişga xizmat qiladi.