XXRdagi Futszyan provinsiyasining Syamen shahridagi "xuaqyao" muzeyi 1956 yilda Chen Jiagen tomonidan tashkil etilgan. Bu Xitoyda xorijda yashovchi xitoyliklar — xuaqyaolarning moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan birinchi muzeydir. Uning kolleksiyasi xuaqyaolarning mamlakat tashqarisidagi hayoti tarixi va Xitoy bilan aloqalariga bag‘ishlangan.
Chen Jiagen ta’limga katta e’tibor qaratgan. U ta’lim majmuasini, keyinchalik esa universitet tashkil etgan. Umri davomida 118 ga yaqin maktabni tashkil etgan va qo‘llab-quvvatlagan. Universitetni moliyalashtirish uchun o‘zining ko‘chmas mulklarini sotishga majbur bo‘lgan.
Muzey g‘oyasi uning ma’rifiy faoliyatining davomi bo‘ldi. 1957 yilda Chen Jiagen bo‘lajak ekspozitsiya uchun materiallar to‘plagan. Bugungi kunda kolleksiyada 7 mingdan ortiq eksponat mavjud bo‘lib, ular orasida bronza va keramika buyumlari, xorijiy buyumlar hamda tabiiy namunalar bor.
2007 yildan buyon muzey tashrif buyuruvchilar uchun bepul ochiq.