Oʻzbekistonliklar tibbiy xizmatlar uchun 7 oyda qariyb 14 trln soʻm sarfladi

2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 13,9 trln soʻmni tashkil etdi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,3 foizga oshgan.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 31,2 foizi shifoxona muassasalari xizmatlari, 14,0 foizi shifokorlik amaliyoti va stomatologiya xizmatlari hamda 54,8 foizi boshqa sogʻliqni saqlash xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Hududlar kesimida sogʻliqni saqlash xizmatlari hajmi:

  • Toshkent shahri — 6,4 trln soʻm;

  • Toshkent viloyati — 1,4 trln soʻm;

  • Samarqand viloyati — 1,0 trln soʻm;

  • Fargʻona viloyati — 816,3 mlrd soʻm;

  • Namangan viloyati — 661,6 mlrd soʻm;

  • Andijon viloyati — 617,0 mlrd soʻm;

  • Buxoro viloyati — 468,6 mlrd soʻm;

  • Xorazm viloyati — 465,4 mlrd soʻm;

  • Qashqadaryo viloyati — 431,5 mlrd soʻm;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 399,3 mlrd soʻm;

  • Surxondaryo viloyati — 329,4 mlrd soʻm;

  • Jizzax viloyati — 307,0 mlrd soʻm;

  • Sirdaryo viloyati — 242,4 mlrd soʻm;

  • Navoiy viloyati — 233,6 mlrd soʻm.