Qashqadaryoda qor yogʻdi

“Hisor” davlat qoʻriqxonasi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni vaqtda togʻlarning yuqori qismlari qor bilan qoplanib, hududda qish fasliga xos tabiiy manzara yuzaga kelgan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Ushbu hududda 2024-yilda ham 15-16-sentyabr sanasida ilk qor yogʻishi kuzatilgan edi. Bu yil esa qor yanada ertaroq tushdi.