AQShning Merilend shtatidagi federal sud prezidenti Donald Trampning tug‘ilish huquqi asosida fuqarolik olishni cheklashga qaratilgan yangi farmonini blokladi. Sudya Debora Bordman ish bo‘yicha sud jarayoni davom etayotgan paytda farmonni qo‘llashni vaqtincha taqiqlovchi qaror chiqardi.
Tramp 6 avgust kuni imzolagan farmonda AQShda tug‘ilgan bolalarning ayrim toifalariga fuqarolik berilishini cheklash ko‘zda tutilgan. Jumladan, bu "tug‘ruq turizmi" deb ataladigan holatlar, shuningdek, ayrim toifadagi xorijiy fuqarolar bilan bog‘liq vaziyatlarga taalluqli. Sud farmonning tegishli ish doirasiga kiruvchi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi, ehtimol, Konstitutsiyaga zid ekanini bildirdi.
Qarorga ko‘ra, AQSh davlat kotibi, bosh prokuror, ichki xavfsizlik vaziri hamda Fuqarolik va immigratsiya xizmati direktori kabi federal mansabdor shaxslarga tegishli toifaga kiruvchi shaxslarga nisbatan farmonni qo‘llash yoki ijro etish taqiqlandi.
Avvalroq, 30 iyun kuni AQSh Oliy sudi Tramp ma’muriyatining fuqarolik bo‘lmagan yoki AQShda doimiy yashash huquqiga ega bo‘lmagan ota-onalardan mamlakat hududida tug‘ilgan bolalarga fuqarolik berilishini cheklash bo‘yicha dastlabki urinishini rad etgan edi.