Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan toʻliq foydalanishi shartligi taʼkidlandi.
Ular sentyabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini koʻpaytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yoʻnalish boʻyicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida masʼullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq koʻrsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yigʻilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.