foto:Bosh vazir matbuot kotibi
25-mart kuni Bosh vazir Abdulla Aripov Rossiyaning O'zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga taʼziya bildirdi.
foto:Bosh vazir matbuot kotibi
Avvalroq, Bosh vazir Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Vladimir Mishustinga Moskva viloyatidagi "Crocus City Hall" majmuasida sodir bo‘lgan terrakt oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.