Shanxay shahrida vatandoshlar ishtirokida Navro'z bayrami nishonlandi

20.03.2024 00:00 O'zbekiston 5

O'zbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasida Navro'z ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

1710929881354_2

Dunyo" axborot agentligida xabar qilinishicha, tadbirda Xitoyning Shanxay shahri va unga qo'shni bo'lgan provinsiyalardagi yetakchi oliygohlarda ta'lim olayotgan hamda mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlar ishtirok etgan.

Uchrashuvda xalqimizning uzoq yillik milliy qadriyatlarini o'zida mujassam qilgan umumxalq bayrami — Navro'zning hayotimizda tutgan o'rni va ahamiyati haqida so'z yuritildi.

Muloqot davomida "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da xorijdagi vatandoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham ma'lumot berildi.

Tadbir yakunida mehmonlar uchun dasturxon yozilib, bahoriy taomlar ulashildi.