SHHTga a’zo davlatlar Sog‘liqni saqlash vazirlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

15.03.2024 00:00 O'zbekiston 7

Ma’lumki, shu yilning iyul oyida Qozog‘iston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisiga mezbonlik qiladi.

yNVoxlzfNhHKYq5ZcbgbTa3XRnIGbWgg_front

shbu nufuzli tadbir arafasida Ostona shahrida SHHTga a’zo davlatlar Sog‘liqni saqlash vazirlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e'lon qilingan xabarda ma'lum qilinishicha, tadbirda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, shuningdek faxriy mehmon sifatida taklif etilgan SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge ishtirok etdi.

Yig‘ilishda SHHTga a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi ikki va ko‘p tomonlama darajadagi hamkorligi, shu jumladan hamkor davlatlarda tibbiyotni yanada rivojlantirish, sohadagi yangi chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Tadbirda  O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov so‘zga chiqib, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika qilish, onalar o‘limi ko‘rsatkichini kamaytirish, skrining tekshiruvlarini o‘tkazish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritdi. 

Buning uchun SHHTga a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro integratsiyalashuvini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi. 

Tadbir yakunida SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan asosiy chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.