2026-yil 1-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 601,3 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ularning eng koʻpi savdo sohasiga toʻgʻri keladi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning 164 481 tasi savdo sohasida ishlamoqda. Korxonalar soni boʻyicha keyingi oʻrinni qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi egallagan. Bu sohada 131 925 ta korxona mavjud.
Sanoat sohasida 63 861 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 33 966 ta, qurilish sohasida esa 33 163 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, tashish va saqlash sohasida 18 894 ta, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 15 341 ta hamda axborot va aloqa yoʻnalishida 13 705 ta korxona qayd etilgan. Qolgan 125 940 ta korxona boshqa iqtisodiy faoliyat turlariga toʻgʻri keladi.