2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,7 mlrd AQSH dollariga yoki 8,1 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport — 19,9 mlrd AQSH dollari (-3,6 foiz);
Import — 29,6 mlrd AQSH dollari (+17,8 foiz).
Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 9,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 27,7 foizga oʻsgan. Mazkur davrda Oʻzbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (22,7 foiz), Rossiya Federatsiyasi (16,4 foiz), Qozogʻiston (6,6 foiz), Turkiya (3,3 foiz) va Afgʻoniston (2,5 foiz) hissasiga toʻgʻri kelgan.