O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohatlangani hamda katta iqtisodiy talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Shavkat Mirziyoyev Tibetdagi fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi