O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg'unov Saudiya Arabistoni poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqida "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, elchi ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin 2021-2024-yillarda Jidda shahrida bosh konsul lavozimida ishlagan. 49 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
2016-yildan beri Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat olib bormoqda.
Arab va rus tillarida so'zlasha oladi.