Oʻzbekistonda 1 kvadrat kilometr maydonga necha kishi toʻgʻri keladi?

Oʻzbekistonda 2026-yilning 1-iyul holatiga 1 kvadrat kilometr maydonga oʻrtacha 85,8 kishi toʻgʻri kelgan.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 kishiga ortgan.

Yillar kesimida Oʻzbekistonda 1 kvadrat kilometr maydonga toʻgʻri keladigan aholi zichligi (1-iyul holatiga):

  • 2022-yil – 79,3 kishi;

  • 2023-yil – 81,0 kishi;

  • 2024-yil – 82,7 kishi;

  • 2025-yil – 84,3 kishi;

  • 2026-yil – 85,8 kishi.