Tadbirkorlik va shaxsiy tashabbus ko‘pincha butun jamiyatga foyda keltiradigan loyihalarning asosiga aylanadi. Bunga yaqqol misol — Nantun shahridan bo‘lgan tadbirkor va ma’rifatparvar Chjan Szyan (1853–1926) faoliyatidir.
1895-yilda u "Dasheng" yigiruv fabrikasiga asos solgan, keyinchalik esa o‘nlab korxonalarni tashkil etgan. Chjan Szyan sanoat faoliyatidan olgan mablag‘larini ta’lim va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirgan.
Uning ishtirokida Nantun shahrida 370 dan ortiq maktab ochilib, xayriya tashkilotlarining 23 turi tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida shaharda Xitoydagi ilk kompleks ijtimoiy himoya tizimlaridan biri shakllangan.
Chjan Szyan, shuningdek, birinchi ommaviy muzeyga ham asos solgan. Uning faoliyati sanoatning rivojlanishi ta’lim olish va odamlar hayotini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kerak, degan oddiy g‘oyaga asoslangan edi.
Uning misoli shuni ko‘rsatadiki, xususiy tashabbus o‘z biznesi doirasidan chiqib, shaharning uzoq muddatli rivojlanishining muhim qismiga aylanishi mumkin.