Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 75,2 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.

Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 13,9 trln soʻm;

  • Toshkent viloyati — 10,7 trln soʻm;

  • Samarqand viloyati — 10,1 trln soʻm;

  • Andijon viloyati — 5,6 trln soʻm;

  • Fargʻona viloyati — 5,6 trln soʻm;

  • Buxoro viloyati — 4,7 trln soʻm;

  • Qashqadaryo viloyati — 4,6 trln soʻm;

  • Namangan viloyati — 4,5 trln soʻm;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3,2 trln soʻm;

  • Navoiy viloyati — 3,2 trln soʻm;

  • Xorazm viloyati — 2,4 trln soʻm;

  • Sirdaryo viloyati — 2,3 trln soʻm;

  • Surxondaryo viloyati — 2,3 trln soʻm;

  • Jizzax viloyati — 2,1 trln soʻm.