Bir asrlik tarixga ega maktab.

14.08.2026 10:00 Video 2382 ipaknews.uz

Pekin markazida 1913-yilda Gungsannoerbu taklifi bilan tashkil etilgan Mo‘g‘ul-Sitszan maktabi joylashgan. U Xitoyning yangi tarixida milliy ozchilik vakillari uchun tashkil etilgan dastlabki ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan.

Maktab tarixi XX asr boshlaridagi ta’lim tizimi va ijtimoiy hayotning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. 1919-yilda uning o‘quvchilari «Mo‘g‘ul-Sitszan talabalarining g‘azabi» nomli manifestni e’lon qilgan. 1925-yilda esa maktab qoshida Ichki Mo‘g‘ulistondagi dehqonlar va chorvadorlarning hayoti hamda ma’rifatiga bag‘ishlangan «Mo‘g‘ul dehqoni» jurnali nashr etila boshlagan.

Turli yillarda maktab bitiruvchilari Moskva va Xuanpu shahrida ta’lim olishni davom ettirgan. Uning tarbiyalanuvchilari orasida Ichki Mo‘g‘ulistonning ijtimoiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan Ulanfu, Temurbagen va Kuybi kabi shaxslar ham bo‘lgan.

2006-yilda maktab binosi milliy tarixiy yodgorlik sifatida e’tirof etilgan. 2023-yil mart oyida yakunlangan restavratsiyadan so‘ng bino yana tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan. Bugungi kunda bu yerda Xitoy millati umumiy jamoasining shakllanish tarixiga bag‘ishlangan pavilon faoliyat yuritmoqda.

Maktabning yuz yildan ortiq tarixi XX va XXI asr boshlarida Xitoyning ta’lim tizimi hamda ijtimoiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi.