2026-yil 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 23 163 nafarni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hunarmandlar soni hududlar kesimida taqsimlanganda eng yuqori koʻrsatkich, Toshkent shahrida qayd etilib, 2 987 nafarni tashkil qilgan. Undan keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyatida 2 743 nafar hunarmand bilan ikkinchi, Samarqand viloyatida esa 2 209 nafar hunarmand bilan uchinchi pogʻonadan joy olgan
Bundan tashqari, Andijon viloyatida 2 113 nafar, Namangan viloyatida 2 048 nafar, Xorazm viloyatida 1 919 nafar, Toshkent viloyatida 1 830 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 547 nafar, Buxoro viloyatida 1 530 nafar, Surxondaryo viloyatida 1 170 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 121 nafar, Jizzax viloyatida 1 032 nafar, Sirdaryo viloyatida 462 nafar hamda Navoiy viloyatida 452 nafar hunarmand roʻyxatga olingan.