2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 072,7 trln soʻmni tashkil etgan.
Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, yalpi ichki mahsulot tarkibida tarmoqlarning yalpi qoʻshilgan qiymati 1 027,6 trln soʻmni tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkich jami ulushning 95,8 foiziga teng boʻlgan.
Shuningdek, mahsulotlarga sof soliqlar 45,0 trln soʻmni tashkil etib, jami ulushning 4,2 foizini tashkil qilgan.
Tarmoqlarning yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida:
xizmatlar sohasi — 521,6 trln soʻm (50,8 foiz);
sanoat — 272,6 trln soʻm (26,5 foiz);
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi — 154,3 trln soʻm (15,0 foiz);
qurilish — 79,2 trln soʻm (7,7 foiz).