Oʻzbekistonda istirohat bogʻlariga tashriflar soni 27 mlnga yetdi

2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda 161 ta madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, ularning soni 2024-yilga nisbatan 25 taga koʻpaygan. Madaniyat va istirohat bogʻlarining umumiy maydoni 1,8 ming gektarni tashkil etgan.

2025-yil davomida mazkur bogʻlarga 27 mln tashrif qayd etilgan. Ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 3,2 mln taga koʻpaygan.

Madaniyat va istirohat bogʻlariga tashriflar hamda bogʻlar soni hududlar kesimida:

  • Toshkent shahri — 14,5 mln marta (29 ta bogʻ);

  • Namangan viloyati — 9,2 mln marta (5 ta);

  • Buxoro viloyati — 631 ming marta (11 ta);

  • Samarqand viloyati — 537,1 ming marta (17 ta);

  • Fargʻona viloyati — 384 ming marta (8 ta);

  • Andijon viloyati — 365,5 ming marta (20 ta);

  • Jizzax viloyati — 356 ming marta (4 ta);

  • Navoiy viloyati — 327,5 ming marta (9 ta);

  • Surxondaryo viloyati — 276,1 ming marta (14 ta);

  • Qashqadaryo viloyati — 186 ming marta (5 ta);

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 120,2 ming marta (9 ta);

  • Xorazm viloyati — 101,1 ming marta (14 ta);

  • Sirdaryo viloyati — 34 ming marta (13 ta);

  • Toshkent viloyati — 16,7 ming marta (3 ta).