Oʻzbekistonga yarim yilda qariyb 38 mingta elektromobil import qilindi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 37 874 dona elektromobil import qilindi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, mazkur elektromobillarning umumiy qiymati 447,7 million AQSH dollarini tashkil etgan. Elektromobillar importi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 ming donaga yoki 2,6 barobarga oshgan.

Hisobot davrida Oʻzbekistonga eng koʻp elektromobil Xitoydan olib kirilgan boʻlib, 37 560 donani tashkil qilgan. Shuningdek, Gonkongdan (Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi) 141 dona, Koreyadan 80 dona, Germaniyadan 42 dona va AQSHdan 21 dona elektromobil import qilingan. Qolgan 30 dona elektromobil boshqa davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi.