Markaziy bank bergan maʼlumotlarga koʻra, 1-avgust holatiga koʻra Oʻzbekistonning umumiy zaxiralari 64,34 milliard dollarga yetdi. Birgina iyul oyining oʻzida zaxiralar hajmi 589,75 million dollarga koʻpaygan.
Jami qiymati 56,12 milliard dollarni tashkil etib, bir oyda 365,3 million dollarga oshdi. Jahon bozorida oltin narxining 4 016,70 dollardan 4 052,20 dollargacha qimmatlashishi zaxiraga 0,49 milliard dollar atrofida ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Shunga qaramay, oltinning fizik hajmi biroz kamaygan — 13,88 million troya unsiyasidan 13,85 million troya unsiyasiga (taxminan 430,8 tonna) tushgan.
Zaxiralarning valyuta qismi 208,8 million dollarga koʻpayib, 7,65 milliard dollarni tashkil etdi. Boshqa banklarda saqlanayotgan naqd valyuta va depozitlar hajmi 5,89 milliard dollarga yetgan boʻlsa, xorijiy qimmatli qogʻozlar miqdori sezilarli darajada qisqarib, iyul oxirida 1,76 milliard dollarni tashkil qildi.
Jahon oltin kengashi (World Gold Council) taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston yilning birinchi yarim yilida jami 41 tonna oltin xarid qilgan. Iyun oyining oʻzida mamlakatimiz 9 tonna oltin sotib olib, Polsha (19 tonna) va Xitoydan (15 tonna) keyingi uchinchi eng yirik xaridorga aylandi.