Bozor xizmatlarining 40 foizdan ortigʻi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keldi

2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 664,9 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, ushbu xizmatlarning 40 foizdan ortigʻi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelgan. Hisobot davrida poytaxtda 274,4 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

Hududlar kesimida keyingi yuqori koʻrsatkichlar Samarqand viloyati — 47,3 trln soʻm, Toshkent viloyati — 45,5 trln soʻm va Fargʻona viloyati — 44,2 trln soʻmda qayd etilgan.

Shuningdek, Andijon viloyatida 34 trln soʻm, Qashqadaryoda 31,3 trln soʻm, Namanganda 30,7 trln soʻm, Buxoroda 25,6 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

Xorazm viloyatida bu koʻrsatkich 23,2 trln soʻm, Surxondaryoda 20,8 trln soʻm, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 19,7 trln soʻmni tashkil etgan. Eng past koʻrsatkichlar Navoiy viloyatida 16,1 trln soʻm, Jizzax viloyatida 14,7 trln soʻm va Sirdaryo viloyatida 9,5 trln soʻm qayd etilgan.