Oʻzbekistonda yarim yilda 373 mingdan ortiq chaqaloq dunyoga keldi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda 373 389 nafar tirik tugʻilish holati qayd etildi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Bildirilishicha, mazkur davrda eng koʻp tugʻilish Samarqand viloyatida qayd etilgan boʻlib, hududda 46 436 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyati (41 773 nafar) va Qashqadaryo viloyati (41 261 nafar) joylashgan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 35 461 nafar, Andijon viloyatida 32 949 nafar, Namangan viloyatida 31 441 nafar, Toshkent viloyatida 29 024 nafar, Toshkent shahrida esa 27 446 nafar chaqaloq tugʻilgan.

Qolgan hududlar kesimida tugʻilishlar soni quyidagicha qayd etilgan: Buxoro viloyati — 17 535 nafar, Xorazm viloyati — 17 112 nafar, Jizzax viloyati — 16 949 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 15 894 nafar, Navoiy viloyati — 10 724 nafar va Sirdaryo viloyati — 9 384 nafar.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, hisobot davrida eng kam tugʻilish Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.