Ayni vaqtda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.
Maʼlum qilinishicha, roʻyxatga olishning dastlabki natijalariga koʻra, Oʻzbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etgan.
Joriy statistik hisob-kitoblar boʻyicha ushbu koʻrsatkich 38 236 704 nafar edi. Farq 810,6 ming nafarni tashkil qilgan.
Matbuot anjumani davomida aholi soni 1989-yildagi roʻyxatga olish natijalariga nisbatan 2 barobarga oshgani maʼlum qilindi.