Oʻzbekiston onlayn roʻyxatga olish qamrovi boʻyicha jahonda ikkinchi boʻldi

Oʻzbekiston onlayn roʻyxatga olish qamrovi boʻyicha jahonda ikkinchi, MDHda birinchi oʻrinda qayd etildi. Bu haqida Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

Bildirilishicha, Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi bosqichida aholining 82,3 foizi onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtgan. Ushbu bosqich 17 kun davom etgan va unda 32,1 mln nafar aholi qamrab olingan.

Onlayn roʻyxatga olish qamrovi boʻyicha xalqaro koʻrsatkichlar:

  • Kanada — 84,1 foiz;

  • Oʻzbekiston — 82,3 foiz;

  • Avstraliya — 78,9 foiz;

  • Polsha — 60,0 foiz;

  • Estoniya — 43,0 foiz;

  • Qozogʻiston — 42,0 foiz;

  • Rossiya — 16,0 foiz;

  • Tojikiston — 15,0 foiz.