Oʻzbekistonda 1-yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro roʻyxatga olingan

Roʻyxatga olingan xorijiy fuqarolar soni haqida maʼlumot berildi. Bu haqida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston hududida 1-yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro roʻyxatga olingan. Shundan 19 300 nafari Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda.

Roʻyxatga olingan xorijiy fuqarolar davlatlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • Hindiston — 13 312 nafar;

  • Rossiya Federatsiyasi — 10 826 nafar;

  • Qozogʻiston — 9 425 nafar;

  • Tojikiston — 5 722 nafar;

  • Turkmaniston — 5 347 nafar;

  • Qirgʻiziston — 4 397 nafar;

  • Pokiston — 1 433 nafar;

  • Xitoy — 1 031 nafar;

  • Turkiya — 811 nafar;

  • Koreya Respublikasi — 691 nafar;

  • Boshqa davlatlar — 3 865 nafar.