Oʻzbekistondagi aholisi eng kam boʻlgan hudud qaysi?

2026-yil 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda doimiy aholisi eng kam boʻlgan hudud Gʻozgʻon shahri boʻlib, unda 9,5 ming nafar aholi istiqomat qilmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Aholisi eng kam boʻlgan TOP-10 tuman va shaharlar roʻyxati quyidagicha:

  • Gʻozgʻon shahri — 9,5 ming nafar;

  • Tomdi tumani — 15,3 ming nafar;

  • Shirin shahri — 19,4 ming nafar;

  • Qorovulbozor tumani — 20,7 ming nafar;

  • Boʻzatov tumani — 21,8 ming nafar;

  • Yangiobod tumani — 30,6 ming nafar;

  • Moʻynoq tumani — 34,1 ming nafar;

  • Konimex tumani — 36,8 ming nafar;

  • Taxtakoʻpir tumani — 38,9 ming nafar;

  • Uchquduq tumani — 39,9 ming nafar.