Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida jami 127 241 nafar Oʻzbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,2 ming nafarga yoki 24,7 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:
• sayohat — 104 289 nafar;
• qarindoshlarni yoʻqlash — 19 629 nafar;
• davolanish — 1 608 nafar;
• xizmat yuzasidan — 967 nafar;
• oʻqish — 748 nafar.