Oʻzbekistonda 2026-yilning 1-iyulidan nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori oyiga 1 mln 83 ming soʻm etib belgilandi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, soʻnggi olti yil davomida nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori 623 ming soʻmdan 1 mln 83 ming soʻmgacha oshib, 1,7 barobar koʻpaygan.
Joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikada 483,6 ming nafar fuqaro nogironlik pensiyasi olmoqda. Shundan 52,2 ming nafari I guruh, 400,1 ming nafari esa II guruh nogironlik pensiyasi oluvchilar hisoblanadi.
Amaldagi tartibga koʻra, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangan fuqarolar pensiya tayinlangandan keyin kamida bir yil ish stajiga ega boʻlsa, ularning ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida pensiya miqdori har ikki yilda bir marta murojaatsiz, yaʼni proaktiv tartibda qayta hisoblab chiqiladi.