Fuqaroni 55 ming dollar evaziga Koreyaga yubormoqchi boʻlgan “uddaburonlar” ushlandi

23.07.2026 12:00 O'zbekiston 2831 ipaknews.uz

Koreya davlatiga ishga yuborish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqarolar A.X. va N.A. fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, uni 55 000 AQSH dollari evaziga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishlari va u yerda doimiy yashash guvohnomasini olib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 25 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.