Oʻzbekiston xorijga 22,4 ming dona konditsioner eksport qildi

22.07.2026 15:17 O'zbekiston 3684 ipaknews.uz

2026-yilning yanvar may oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 4,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 22 443 dona konditsioner eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming donaga yoki 5,1 foizga koʻpaygan.

Mazkur davrda Oʻzbekiston eng koʻp konditsioner yetkazib bergan davlatlar:

  • Ozarbayjon – 7 367 dona;

  • Tojikiston – 4 775 dona;

  • Turkiya – 4 640 dona;

  • Qirgʻiz R. – 2 448 dona;

  • Qozogʻiston – 1 324 dona;

  • boshqa davlatlar – 1 889 dona.