Navoiyda IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

16.07.2026 11:30 O'zbekiston 3537 ipaknews.uz

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisi xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy ravishda boylik orttirmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 1-iyul kuni Ichki ishlar organlari tomonidan telefoni xotirasida taʼqiqlangan diniy materiallar mavjudligi ehtimoli bilan 23 yoshli fuqaroning iPhone 17 Pro Max rusumli telefoni olib qoʻyilgan.

Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisi mazkur mobil qurilmani egasiga qaytarib berish evaziga ikki nafar vositachi orqali 1 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.