Qatar poytaxti Doha shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi yarim final bellashuvlariga start berildi. E'tiborli jihati unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziya termasi bilan kuch sinashdi.
![]()
Temur Kapadze shogirdlari mazkur o‘yinda 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va Osiyo kubogi finali hamda eng muhimi futbolimiz tarixida ilk marotaba Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "Parij-2024" Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu tarixiy natija sanaladi. Shu kunga qadar vakillarimiz futbol bo‘yicha jahon olimpiadasida ishtirok etmagan.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiya—Iroq juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.