Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirdi

14.07.2026 09:30 Dunyo 3327 ipaknews.uz

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Berlindagi elchisi Sergey Nechayevni vazirlikka chaqirdi. Vazirlik bunga Germaniya, Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari hamda Ukrainaga qarshi uyushtirilgan kiberhujumlarni sabab qilib koʻrsatdi.

“Biz bunday harakatlarga qatʼiy javob qaytaramiz, jumladan qoʻshimcha sanksiyalar joriy etish orqali. Bundan tashqari, bugun Rossiya elchisini chaqirib, pozitsiyamizni yana bir bor aniq bayon qildik”, — deyiladi Germaniya TIV bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, 13-iyul kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyani “zararli kiberhujumlar”ni amalga oshirishda ayblovchi qoʻshma bayonot eʼlon qilgan edi. Bayonotda ushbu hujumlar Fransiya, Germaniya, Avstriya, Slovakiya va Ruminiya kabi Yevropa davlatlarining davlat idoralariga ham qaratilgani taʼkidlangan.