Hukumat 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida“gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga kura, fuqaro roʻyxatdan oʻtkazilgan hududidan qatʼi nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin.
Ariza beruvchini baholashda kuyidagilar tasdiqlanishi shart hisoblanadi:
• amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani;
• davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15-yil ish stajiga ega ekanligi.
Subsidiya 1 oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1-marta beriladi. Tanlov onlayn tarzda oʻtkaziladi.
Bunda mezonlarga toʻliq muvofiq ishtirokchilar orasidan har chorak uchun belgilangan kvota doirasida 125 nafar gʻolib avtomatik tasodifiy tanlash imkonini beruvchi veb-saytlar (random.org) orqali aniqlab olinadi.
Subsidiya ajratish xabarnomasini olgan gʻolib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.