2026-yilning yanvar aprel oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 3 trln soʻmlik qogʻoz va qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida qogʻoz va qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 1,3 trln soʻm;
Toshkent viloyati — 849,6 mlrd soʻm;
Andijon viloyati — 241,4 mlrd soʻm;
Samarqand viloyati — 180,4 mlrd soʻm;
Fargʻona viloyati — 159,7 mlrd soʻm;
Xorazm viloyati — 94,5 mlrd soʻm;
Namangan viloyati — 84,9 mlrd soʻm;
Buxoro viloyati — 55,4 mlrd soʻm;
Jizzax viloyati — 44,7 mlrd soʻm;
Qashqadaryo viloyati — 15,3 mlrd soʻm;
Sirdaryo viloyati — 11,9 mlrd soʻm;
Navoiy viloyati — 11,5 mlrd soʻm;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1,9 mlrd soʻm;
Surxondaryo viloyati — 1,5 mlrd soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,3 foizga oshgan.